iak1yusuf_juma1.jpg-Islom Karimovning topshirig’i bilan shoir Yusuf Jumani o’ldrishmoqchi ekanliklarini ochiq aytmoqdalar
-Vashingtonda piketlar 6 Iyuldan boshlab yana tiklanmoqda
-Yusuf Jumani ozod qilish harakatiga qo’shiling

2009 yil 1 iyul kuni Shoir Yusuf Jumaning qizi Feruza Jasliq turmasiga borib dadasi bilan uchrashishga muvaffaq bo’ldi.

Feruza kuta-kuta olgan ikki soatlik uchrashuv 20 daqiqaga bormasdan Jasliq turmasi xodimlari tomondan to’xtatilgan.

Bunga sabab Yusuf Juma bilan qizi o’rtasidagi oynaning ikki tarafidagi telefon orqali o’tkazilayotgan suhbat shoirga o’tkazilayotgan qiynoqlar to’g'risida bo’lganidir.

Yusuf Jumani sakkiz kun Jasliq turmasining tergov izalyatoriga tashlab, suvsiz va och qo’yib turli xil qiynoqlarga solishgan.

Yusuf Jumaga qiynoqlar o’tkazilishi davomida Jasliq turmasining katta lavozimli rahbarlaridan biri o’tirib o’tkazilayotgan qiynoqlarni nazorat qilar ekan.

Qiynoq o’tkazganlar Yusuf Jumayevga nega o’zingni o’ldirmaysan degan savollarini qayta-qayta berar ekanlar. Shoir esa: “Men o’zimni hech qachon o’ldirmayman, lekin sizlarning qiynoqlaringdan keyin har kuni Jasliqda yotgandan otib tashlaganlaring yaxshi, meni otib tashlanglar” deb javob bergan.

Bundan jahli chiqqan nazoratchilar: “Baribir Seni o’ldiramiz, qiynab- qiynab o’ldiramiz, Shunga Otaxonning (Prezident Karimovni nazarda tutib) buyrug’u bor” deb aytarkanlar.

Shoirning oxirgi ahvoli haqidagi xabarni eshitgan shoirning oila a’zolari xavotirlari yanada kuchaydi. Shoirning o’g'li Alisher biz bilan Suhbatda Uch kundan keyin AQSh poytaxti Vashingtonda Yusuf Jumayevni ozod qilish uchun piketlar boshlanishini va quyidagilarni aytdi:

“Biz AQSH poytaxti Vashingtonda 6 iyuldan boshlab bizni qo’llagan do’stlarimiz bilan birgalikda piketlar o’tkazishni boshlaymiz. Piketlarimiz O’zbekiston, Germaniya, Shvesiya, Fransiya, Chexiya elchixonalari oldida bo’lib o’tadi. Piket talablarimiz bajarilmaguncha to’xtatilmaydi, Piketda “Yusuf Jumayevga Ozodlik”. “Jasliq turmasi Yopilsin”, degan shiorlar bo’ladi. Bizning endi ortiq choramiz qolmadi, Talablarimiz e’tiborsiz qoldiralaversa biz oila a’zolarimiz har bittasi bir Evropa davlati elchixonasi oldida bir paytda o’zimizga o’t qo’yamiz. Bu bizning Manfaat axlatiga botgan adolatsiz dunyoga isyonimiz bo’ladi”.

Ha, darhaqiqat dunyo faqat o’z manfaatini o’ylayapti, ammo biz o’zbeklar shoirimizni o’ylashimiz kerak. 6 iyul kuni imkoni bor muxojiratda yurganlar dunyonig boshqa davlatlarida ham piketlar o’tkazishlarini va Yusuf Jumani ozod qilishga o’z hissalarini qo’shishlarini so’rab qolamiz.

YUSUF JUMA OZODLIGI HARAKATI Matbuot xizmati.

Advertisement

About TURONZAMIN

supporter of democracy

One Response »

  1. YUSUF JUMA says:

    [...] “Baribir seni o’ldiramiz, qiynab- qiynab o’ldiramiz…” [...]

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

Gravatar
WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Connecting to %s