yusuf_juma1.jpgShoirini unutgan xalq….

O’zbekning buyuk shoiri qiynoqlar bilan yuzma-yuz…

Birinchi Iyul -zolim Karimov millat shoirini   Jasliq konslageriga  solgan qora kundir.

O’tgan yil bu paytlar O’zbekning buyuk shoiri Yusuf Jumani O’zbekistonning turmalari bo’ylab mahkumlar vagonida diktator hukumati oylab olib yurgandi.

Biirnchi Iyulda esa Yusuf Jumayevni Jasliqqa tashlash uchun Prezident Karimovning bergan buyrug’i Toshturma rahbari Karimovning imzosi bilan rasmiy kuchga kirgandi.

Yusuf Juma millat dardini aytib bulbulday xonish qilib hammani, hamma eshituvchini o’ziga qaratishi diktator Karimovga yoqmasligi tayin edi.

Shoir nafaqat bulbulday xonish qildi, diktator Karimovning adolatsizlarcha o’zini o’zi saylashiga qarab turolmay yo’lbarsdek maydonga otilib chiqdi.

Bu harakati uchun shoirni zolim Karimov yo’qoting deb buyruq berdi.

Shoirni oilasi bilan qirib yuborish uchun diktatorning yuzlab jallodlari shoirning uyiga qurolli hujum uyushtirishdi.

Baxtli tasodif tufayli omon qolgan shoirni sotqinlar yordamida ushlagan Karimov bir necha oy Buxoro shahridagi Otbozor turmasida (64/3 hibsxonasi) saqlab qiynoqlar ostida tergov qildirdi.

15 aprelda spektakl sud qilib besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shoirning sudi esa 37 yillarda Qodiriy va Cho’lponlarga o’tkazilgan sudlardan ham sharmandaliroq edi.

Yusuf Jumaning yonida qora kursida otasi bilan birgalikda turli qiynoqlarga solingan 25 yoshli o’g'li Bobur ham o’tirgan edi.

Shoirni sud zalida qiynoqlar oqibatida oyoq ustida zo’rg’a o’tirgan o’g'li va o’zidan boshqa hech kim himoya qilmasdi. Shoirga achingan sudya tanaffus paytida men hech narsa qilolmayman Sizga Olloh yordam bersin deb hamdardlik bildirishdan nariga o’tolmagan.

Sudya yozilgan hukmni o’qib spektaklni yozganlarga tugatib berdi xolos.

Ezilgan, xo’rlangan millat esa dardini aytgan buyuk shoirini himoya qilishga kuchi yetmadi, tog’rirog’i hatto urinib ham ko’rmadi.

O’ z kunini ko’rolmagan, dardini aytishni shoiriga tashlab qo’yib og’ziga talqon solib olgan xalq shoirning dardini qanday aytsin?!

Fayzullo,

Toshkent.

Advertisement

About TURONZAMIN

supporter of democracy

One Response »

  1. [...] Diktator Islom Karimov: “Yusuf Juma Jasliqqa!” [...]

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

Gravatar
WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Connecting to %s