ialrah.jpgIkki boy yoqalashar…

Tojikiston poshshosi bilan O’zbekiston poshshosi kelin-qaynonaga o’xshaydilar. El nazarida opishadilar, orqavorotda qo’pishadilar.

Internet saytlarida chop etilayotgan qator “toshotar” maqolalar Tojikiston va O’zbekiston prezidentlari hali hamon it-mushuk ekanliklarini ko’rsatadi.

Emishki, taniqli tojik tadbirkori Rahmon Rajabov O’zbekistonga chegaradan kirayotganda mashinasida 1 kilogramm geroin va horijiy valyutalar bilan qo’lga olingan.

Juda qiziq tomoni shuki bu kishi Tojikistonda taniqli tadbirkor, deputat va davlat arboblari bilan yaqin hamkorlikda ekan. Savol tug’iladi.

Mana shunday “vazn”li korchalon geroinni hech qaysi odamiga ishonmay o’zi olib keladimi? Hatto maqolada Tojikiston Davlat Xavfsizlik Qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosarining ismi ham keltirilib uning aloqadorligiga sha’ma qilinadi.

Bu ikki prezidentlar vaqti-vaqti bilan qilib turadigan o’yinlarining navbatdagisi bo’lish ehtimoli haqiqatga yaqinroq.

Karimov dushmaniga sevimli qartasini tashlab uni “tuz”lamoqchi. Ko’ramiz, balki Imomali Rahmonov “ko’zir”ni o’yinni oxiriga olib qo’ygandir…

About TURONZAMIN

supporter of democracy

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Connecting to %s