“ILONBOSHIGA JAVOB yoki haqiqatning bir uchi” maqolasi muhokamada
Bahodir Choriev: Bugungi kunda kimda rahbarlar haqida, ularni fosh qiluvchi daliliy hujjatlar bo’lsa o’rtaga tashlaylik!
O’zbek muholifati yangi avlodi asosiy qismi qariyib 20 yoshga tuldi, Karimov hukumatga kelganiga 18 yil buldi. 90 yillarni boshida uzbek muholifati juda mustahkam bir kuchga aylangan ammo hukumatda kelmagan Karimov hukumati esa akshincha kuchsiz lekin hukumatni boshqarar edi. Mening fikrimcha o’sha vaqatlar kuchlar teng edi. Hozirchi?
Nega bunday buldi? Kimlar bunga aybdor?
Kim bu savollarga javob beradi?
Avvalom bor biz muholifat tarixiga holis bahomizni berishimiz kerak. Qachonki holisona baho bulgach, biz oldinga harakat qilishimizga yul ochiladi. Hukumat muholifatni parchalashda juda katta ishlarni qildi va niyatiga etdi. Nega bizni yetakchilarimiz bu o’yinlarga tushib ketdi.
Men 2001 yildan boshlab o’zimni tuliq muholifatchi deb hisoblayman. 2003 yildan boshlab men va menga yaqin kishilar Toshkent shaharlarida doimiy namoyishlarga chiqib turdek. Keyinchalik o’zimiz mana shunday namoyishlarni tashkillashtirib o’tqazib bordik.
Faoliyatimizni imkon qadar kengaytirdik. Ochig’i men muholifat haqida juda ijobiy fikrda edim, ammo o’ylaganday bulib chiqmadi. Uzbekistonda bizni qullaydigan siyosiy kuchni uchratmadik, bu bizni taajjubga soldi. Biz uyushtirgan katta namoyishlarga Birlik va Erk partiyalari hech qanday munosabat bildirmadi. Uzoqdan tomashabinlik qilishni davom etdi, vaholanki usha vaqtlar muholifat faoliyati uchun juda qulay davrlar edi.
Men shahsan Erk, Birlik va Ozod dehqonlarni oddiy a’zolariga, bizni o’sha vaqtlar qullab, yonimizda namoyishlarga qatnashganligidan minnatdorman. Nima, bizni faoliyatimizdan Abdurahiom Pulatov va Muhammad Solih behabar edimi? Unday desak ularni saytlariga bu namoyishlar haqida habarlar berilib bordiku.
Biz diktatorlik rejimiga qarshi kurashayapmiz, bir kuch bulib maydonga tushmasak, bizga yanagi keladigan 15 yil ham yetmaydi. Shuning uchun bugungi kunda muholifatni oddiy vakillari uchun barcha siru-sanoatni ochilishi zarur, ular ham o’z navbatida o’z rahbariyatini qilgan yahshi va yomon ishlariga baholarini berishlari kerak.
Jahongir Mamatov ko’targan masalani men qullayman. Har qanday yutug’ o’zimizniki. Ammo bugungi kunda kimda rahbarlar haqida, ularni fosh qiluvchi daliliy hujjatlar bulsa o’rtaga tashlaylik. Mana shundan keyin hamma narsa barchaga yetib boradi va har bir kishi rahbariyat haqida o’zining mustaqil fikriga ega buladi. Shundan keyin ajabmas, Birlik va Erk rahbariyati o’z hatolarini tan olib, birovning yordamisiz birlashsa.
Bugungi kunda talab shu o’z hatolarini tan olish, muholifat ichida o’zlariga bo’lgan ishoncsizlikni yuqotish, saylovga qatnashib g’alaba qozonish.
Bahodir Choriyev, Birdamlik harakatini etakchisi
