Bahtiyorjon Mamajonov: Mening fikrlarim

Darahtni qulatsangiz, maymunlar o’zlarini har tomonga tashlaydilar. (Hitoy halq maqoli).

                                                              

Muholifat nima ? 

Siyosiy muholifat mavjud tuzumni boshqarayotgan insonlar va tuzumga, vatan ravnaqi nuqta’i nazaridan kelib chiqqan holda  norozi kayfiyatini oshkor etgan, о’zining dunyoqarashlari, mavjud muammolarga o’z munosabati, muammolarga konkret echim taklif qila olish iqtidori bor bo’lgan, halq ichida o’z zalvoriga ega, moddiy tomondan oyogэi qaltiramaydigan, safi йetarli darajada keng, aniq maqsadi, nizomi bo’lgan siyosiy kuchdir.   

Hozirgi muholifat haqida gaplar tugagan. U o’zi o’zining dusmani. 

Mening janob muholifat lashkarboshilarga doimo bir savolim bo’lgan: 

Halqsiz nima qilmoqchisiz? 

Muholifatni 90% insonlar harakat nizomini qo’ying, o’zini tanimaydi. O’zbekiston jahon mamlakatlari orasida turmush darajasi ҳa insonlarning umr ko’rishi bo’yicha 117-o’rinda, inson huquqlari ta’minlanishi bo’ych 154-orinda, so’z erkinligi bo’yich 113-o’rinda (BMT ma’lumotlari) turishinu hayoliga ham keltirmaydi, qo’lidagi pasporti bor bo’lgani bilan? Pul bermaganligu sababli Kirg’izistonga karindoshinikiga dafn varosimiga bojhona postidan o’ta olmayotganligini odatiy  ,tabiiy hisoblaydi.Odamlarning aksari qo’liga Konstitusialarini olmaganlar,O’zbekiston a’zo bo’lgan 70 dan ortiq halqaro bitim va konvensiaar haqida tasavvurga ega emas. 

Hayotimiz yahshilanayotgani ,vatan tinchligiga shukr aytib yashayverish hakidagi  agitasiyaga 80 % fukarolar qo’shiladi. 

Muholifatning Internet orqali birovni qoralashga boshi bilan berilganidan nima foyda? Odamlar internetda sizni o’qiy olmaydi, oqimaydi, yoshlar tanishuv saytlariga kirishadi… yoki puliga mo’jizalarga ishonib bozorda lotoeyalar oynaydi. 

Men “vatanparvar”larning bir –birini g’ajishayotganiga bir nima deya olmayman. Bu tomirdagi qon va g’araz. Kim boshqa sabab ko’rsata oladi? 

Yoniq istaksiz , aniq maqsadsiz va aniq fikrlash asosiga qurilgan rejalarsiz nimagadir erishmoqchi ekansiz- siz homtamasiz. 

M.Solih kabi birovlar yordamiga, birov O’zbekistonga qattiq sanksiyalar kiritishiga umid bog’lab o’tirish ham oqillik emas. Sanksiya bizning hayotimizni yana og’irlashtirsa bu yahsi narsa deb o’ylamayman. 

Men quyidagi yoldan borishni taklif qilaman: 

1.Ahmoqona, birov esitmaydigan, ga’razli gap so’zlar va faktlar bilan asoslanmagan ig’volarni yig’ishtirib turishni. Bir hildagi, mayda  gaplarni ko’p chaynamaslikni. 

2.Muholifatni birlashishi haqidagi gaplarni to’htatishni. U birlashmaydi. Boshqa fikrdagilar o’zbekning tarihini o’qinglar. Undan ko’ra “ko’chqorlar’ alohida turib turgani hozir foydali.

Birlashsa “lashkarboshilar” nima ish qilishadi. Hech kim bu yo’nalishda aniq reja taklif qilmadi. Chala gaplar bir biroviga to’g’ri kelmadi. Kelmaydi. 

3.Barcha diqqatni 2007 yil sayloviga qaratishni. Saylovga ochiq ko’z bilan qarasni, huquqiy yondoshishni.

Ahmoqlarga O’zbekistin Respublikasi KONSTITUSIYA sining 90-moddasini izohli kitoblardan o’qisni va tan berishni iltimos qilish kerak.  

4.Muholifat O’zbekistonda yashayotgan insonni nomzodlikka ko’rsatish uchun aniqlasn maqsadida bir hech bo’lmasa bor yig’ilib kelishisini.  

5.Nomzodni ehtiyotlashni. 

6.Hozirdan O’zbekiston halkiga yashayotgan tuzumlari haqida keng tushunchalar berishni boshlashni ,bunda faqat internetga yopishib olishni yigishtirisnni. 

7.Harakat va partiyalar O’zbekistondagi a’zolarini oyoqqa qo’yisini.  

8.Saylov kompaniyasi boshlanishi bilan nomzodni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga bor kuch va aqlni yo’naltirishni. 

9. Saylovga muholifatni qullaydigan barcha chet davlat organlari va kuchlarining nazarini qaratishga intilishni. 

10.BMT yordmida kuzatuvchilarni ko’paytirishga erishishni. 

11.Halq ichiga kirib borish uchun imkoniyatdan foydalanighni.   

Vaqt va biz shahmat tahtasi ustidamiz. O’yinga esa ko’plarning hayoti qo’yilgan. 

Yaratgandan barchaga yorug’lik kunlar tilab,

 

Bahtiyorjon Mamajonov.

About TURONZAMIN

supporter of democracy

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

Gravatar
WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Connecting to %s