Jahongir Muhammadga
Assalomu-alaykum Jahongir aka. Chet elda sahifangizdagi maqolalaringizni, kitoblaringizni o’qib chiqish sharafiga muyassar bo’ldim.
To’g'risi hayron ham qoldim. Bunaqa ma’lumotlarni o’qigan odam hayotdan hafa bo’lib ketar ekan, chunki rivojlanyapmiz sekin-sekin, yana 5-10 yilda ko’rmagandek bo’lib ketamiz qiyinchiliklarni deb yurardik.
Yoshlarga, aktiv kamolotchilarga, fidokorlarga achinib ketyapman. O’zim ham aktiv kamolotchi bo’lganman bir vaqtlar.
Behuda, muhim bo’lmagan narsalar bilan kunini o’tkazyotgan yigit-qizlarga, ba’zilar manfaati, niqobi uchun shaxdam qadam tashlayotgan a’lochi yoshlarga, yordamga muhtoj xotin-qizlarga, kasalmand bechora halq go’daklariga, mundiri yaltiroq halq posbonlariga,
kelajakka, o’zimga to’grisi rahmim keldi.
Muxolif guruhlar sahifalaridagi bir-biriga qarata otilgan toshlarni ham ko’rdim. Yumaloq, qirrali, yarqiroq toshlar… Qimmatbaholari ham bor. Lekin bu toshlardan na devor qurib bo’ladi, na kovak to’ldirib, na biror narsa kesadi na pachaqlaydi. Faqat o’z egasi chalishadi bu toshlarga.
Bu muxoliv hali ham voyaga yetmabdi, hali ham yosh bola ekan…, qizg’anchiq, o’zboshimcha, aks…
… Bir kun ulg’ayib qolar…, ota (halqi) -onasi (vatani) o’lib qolmasin, ishqilib.
Jahongir aka, sho’ri qurisin bu halqni. Sho’ri qurubdi bu yurtni.
Dilmurod.
