Uzr sizga aytmoq so’zlarim uchun,
O’zbek poshshosini so’kaman bugun.
Uni oq eshakka o’tqazib chappa,
Yuziga kuyadan suraman bu kun.
Shumi sening kasbing, deyar ba’zilar,
Ularga javobim aniq aytaman.
Qachon Ise poshsho kechsa tahtidan,
Men ham bu yumushdan tezda qaytaman.
Uzr kimlargadir yoqmasa so’zim,
Baribir Isega otaman toshlar.
Kimlar miyig’ida kulib qo’yadi,
Ise ko’ppaklari to’kar ko’z-yoshlar.
Aslida so’zimda biroz hato bor,
Ko’ppakka qiyoslab adashdim biroz.
To’g'ri bo’lar balkim Isevoy shayton,
Atrofida, desam bir gala hayvon.
Rizo OBID.



