futbol.jpgShuhrat  AHMADJONOV,   DO’Kning Toshkent bo’limi rahbari, inson huquqlari va tabiat himoyachisi

10.  O’ZBEKISTON  FUTBOL  TERMA  JAMOASINING  HOZIRGI  BOSH  MURABBIYI  VALERIY  NEPOMNYASHIY  HAQIDA  AYRIM  MA’LUMOTLAR  VA  TERMA  JAMOANING  2006  YILDAGI  AHVOLI 

Rossiyalik futbol mutaxassisi Valeriy Nepomnyashiy 2006 yil 20 yanvar kuni O’zbekiston futbol terma jamoasiga bosh murabbiy bo’lib ishlash uchun ikki yillik shartnomaga imzo chekdi [72].

   “Nepomnyashiyning tarjimai holidan: 1943 yil 7 avgustda tug’ilgan. To’p surgan jamoalari: SKIF (Ashxabod, 1961-1965), “Spartak” (Samarqand, 1965-1967).

      Murabbiylik faoliyati – Turkmaniston sport qo’mitasi futbol maktablarining katta murabbiyi (1970-78, 1983-88), “Stroitel” (Ashxabod, 1979, 1982-1983), Kamerun milliy terma jamoasining bosh murabbiyi (1988 yilning oktyabridan 1990 yilning noyabrigacha), “Genchler birligi” (Turkiya, 1992-1993), “Ankaragyujyu” (Turkiya, 1993-1994), “Yukang” (Janubiy Koreya, 1994-1998), “Sanfrechche Xirosima” (Yaponiya, 2001-2002), “Shenyan” (Xitoy, 2000), “Shanduna” (Xitoy, 2002-2003), “Shanxay Shenxua” (Xitoy, 2004-2005).

   Murabbiylikdagi muvaffaqiyatlari – Kamerun milliy terma jamoasi o’z tarixida ilk bor Jahon chempionati-90 da chorak finalgacha ko’tarildi, “Yakang” 1996 yili Janubiy Koreya Kubogini qo’lga kiritdi, “Xirosima” o’z tarixida birinchi marta mamlakat chempionatining bronza medaliga sazovor bo’ldi.

   Mukofotlari – Faxriy legion (Kamerun, 1990), “Janubiy Koreya futbolining rivojiga qo’shgan hissasi uchun” mukofoti laureati (1996), Xitoyning 2000 yildagi eng yaxshi murabbiyi.

   Taniqli mutaxassis Valeriy Nepomnyashiy mamlakat milliy terma jamoamizda ishlash uchun ikki yillik shartnomaga (2006 yil 20 yanvar kuni, A.Sh.) imzo chekdi.” [72]   

    V.Nepomnyashiy 2005 yil noyabrigacha Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubining murabbiyi edi. Bu klub Xitoy chempionatida 2-o’rinni olgach, klub rahbariyati uning bilan tuzilgan shartnomani uzaytirmaslikka, ya’ni uning javobini berib yuborishga qaror qildi.

   “Xitoy chempionatining 2005 yilgi kumush medallari sovrindori – “Shanxay Shenxua” klubining e’lon qilishicha, jamoaning rossiyalik murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy bilan shartnoma uzaytirilmaydi. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) rasmiy saytining xabar berishicha, bo’sh (vacant) lavozim 2003 yilda “Shenxua”ni chempionlikka olib kelgan Vu Jinguyga taklif etiladi.” [73]

   2006 yil 20 yanvarigacha O’zbekiston futbol terma jamoasining bosh murabbiyi bo’lib ishlagan Ravshan Haydarov 2006 yil sentabridan boshlab “Paxtakor” futbol klubining bosh murabbiyi bo’lib ishlamoqda.

   Ma’lumki, 2007 yil 7-29 iyul kunlari Osiyo Kubogi–2007 final bosqichi Indoneziya, Malayziya, Tailand va Vyetnamda bo’lib o’tadi. Osiyo qit’asidagi mamlakatlar futbol jamoalari 6 guruhga bo’linib, 2006 yil 22 fevraldan 15 noyabrga qadar saralash bahslarini olib bordilar. O’zbekiston terma jamoasi “F” guruhida Qatar, Gonkong va Bangladesh terma jamoalari bilan o’ynadi. O’yin natijalari quyidagicha bo’ldi (bu haqda muallif o’zining [74] maqolasida ham yozgandi, bu yerda qisqacha ma’lumotlarni keltirib o’taylik).

   2006 yil 22 fevral.    1. O’zbekiston – Bangladesh – 5:0.     2. Gonkong – Qatar – 0:3.  [75]

                   1 mart.      1. Bangladesh – Gonkong – 0:1.          2. Qatar – O’zbekiston – 2:1. [76]

                 16 avgust.   1. O’zbekiston – Gonkong – 2:2.         2. Bangladesh – Qatar – 1:4. [77]

                   6 sentabr. 1. Qatar – Bangladesh – 3:0.                2. Gonkong – O’zbekiston – 0:0. [78]

                 11 oktabr.   1. Bangladesh – O’zbekiston – 0:4.     2. Qatar – Gonkong – 2:0. [79]

                 15 noyabr.  1. O’zbekiston – Qatar – 2:0.               2. Gonkong – Bangladesh – 2:0. [80]

 

“F”  GURUHI  [80]

 

 Jamoa nomi

  O’

 Yu

  D

  M

   T-N

  O

 Qatar

   6

  5

   0

  1

 14 – 4

 15

 O’zbekiston

   6

  3

   2

  1

 14 – 4

 11

 Gonkong

   6

  2

   2

  2

   5 – 7

   8

 Bangladesh

   6

  0

   0

  6

   1 – 19

   0

 

   2006 yil 1 mart kuni Qatar – O’zbekiston matchi 2:1 hisobida Qatar foydasiga hal bo’lgandi. Kichik izoh: uchala to’pni ham qatarliklar darvozalarga kiritdilar, ya’ni o’zbekistonlik futbolchilar birorta gol ura olmadilar! Qatarlik himoyachi Bilol Rajab 20-daqiqada adashib o’z mamlakati terma jamoasi darvozasiga gol urdi, buni futbolda avtogol deydilar. [76]

   Shunday qilib, O’zbekiston terma jamoasi Gonkongdek bo’sh o’ynaydigan terma jamoa bilan ikki marta durang o’ynab, zur-bazur “F” guruhida 2-o’rinni oldi va Osiyo Kubogi-2007 ga yo’llanmani qo’lga kiritdi. “Zur-bazur” degan so’zimizga izoh berib o’taylik. Agar Gonkong terma jamoasi O’zbekiston terma jamoasi darvozasiga bitta ziyodroq to’p kiritganida, o’sha o’yin hisobidan 3 ochko olgan bo’lardi. Ya’ni Gonkongning ochkolariga yana 2 ochko qo’shilardi, O’zbekiston hisobida esa 1 ochko kamayardi. Natijada yakuniy jadvalda O’zbekiston va Gonkong terma jamoalarining to’plagan ochkolari teng – 10 tadan bo’lardi. Bunday holda Reglament bo’yicha birinchi navbatda har bir jamoaning yutuqlar soni e’tiborga olinadi. Bu borada Gonkong bitta yutuqqa ko’proq erishgan, deb  Osiyo Kubogi-2007 ga yo’llanmani ular olgan bo’lardi. Demak, Gonkong O’zbekiston darvozasiga atigi yana bitta gol urganida, bizning terma jamoa final bosqichga chiqa olmasdi.

  Umuman, hamma gap, barcha muammo – 2007 yil 7-29 iyulda bo’lib o’tadigan final bosqichida 16 terma jamoa orasida g’olib chiqishdadir. Lekin bosh murabbiy Valeriy Nepomnyashiy rahbarligida terma jamoamiz hozirgi salbiy, bo’sh o’yini bilan final bosqichida g’olib bo’lishi u yoqda tursin, hatto o’zining to’rtligidan keyingi bosqichga chiqa olmay eson-omongina mamlakatimizga qaytib kelsa kerak.

  Shuni bilganday, V.Nepomnyashiy 2006 yil 17 noyabr kuni “sog’ligi tufayli” iste’fo berdi va Moskvaga jo’nab ketdi [81]. (V.Nepomnyashiy iste’fosiga kamina o’z munosabatini 18-bandda, ya’ni xulosalar qismida qisqacha yozadi).

About TURONZAMIN

supporter of democracy

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

Gravatar
WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Connecting to %s