Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-sayti ochilishi munosabati bilan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Ura-uralarda Senatning o‘z veb-sayti ochilishi uning faoliyatida zamonaviy imkoniyatlardan kengroq foydalanishga yo’l ochishi, mamlakatni axborot bilan qamrab olish imkoniyatini kengaytirishi aytilgandi.
-Tadbir ishtirokchilari Oliy Majlis Senatining veb-sayti ochilishiga bag‘ishlangan taqdimot O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligini bayram qilish arafasida o‘tkazilganligining muhimligini ta’kidladilar Taqdimotda Senat a’zolari, Qonunchilik palatasining deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, ilmiy muassasalar va oliy o‘quv yurtlarining xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar,-deyilgandi shu munosabat bilan tarqatilgan rasmiy xabarda.
Senat saytning ochilishi yaxshi, ammo bu saytga kirgan odamning diqqatini ko’rib chiqish maslahat qilingan uchta bog’lanish tortadi.
Dastlab prezident matbuot kotibiyatining sayti tavsiya qilinadi. Ortidan hukumat sayti va uchinchisi… toping-chi? Topolmadingiz. Rossiya Federatsiyasi kengashining saytiga bog’lanish qo’yilgan. Bu O’zbek senati ham Karimovning orqasidan Kremlga sajda qilishining bir ko’rinishi emasmi?



